SURXONDARYO VILOYATIDA AHOLI JON BOSHIGA REAL DAROMADLARNI ARIMA MODELI ASOSIDA PROGNOZLASH
Annotatsiya
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida aholi jon boshiga real daromadlarning o'zgarish dinamikasi tahlil qilinib, ularning istiqboldagi ko'rsatkichlarini prognozlash masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda 2010–2025-yillardagi ma'lumotlar asosida vaqt qatorlari tahlili amalga oshirilib, ARIMA modeli yordamida 2026– 2030-yillar uchun prognoz ko'rsatkichlari hisoblangan. Shuningdek, daromadlarning yillik o'sish sur'atlari o'rganilib, ularning kelgusidagi o'zgarish tendensiyalari baholangan. Prognoz natijalari aholi jon boshiga real daromadlarning o'sishda davom etishi, biroq o'sish sur'atlarining sekinlashishi mumkinligini ko'rsatadi. Olingan natijalar hududda aholi daromadlarining istiqboldagi o'zgarishini baholash hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirishda ekonometrik prognozlash usullaridan foydalanish imkoniyatlarini asoslashga xizmat qiladi.