Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TARMOQLANUVCHI JARAYONLARNING MATEMATIK MODELI VA ULARNING EHTIMOLLIK XOSSALARINI TADQIQ ETISH

Yulduzxon MeliMeliboyevaQo‘qon davlat universiteti
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlarning matematik modeli va asosiy ehtimollik xossalari o‘rganilgan. Tadqiqotning nazariy asosi sifatida Galton–Watson tarmoqlanuvchi jarayoni tanlangan. Jarayonning avlodlar soni, matematik kutilmasi, dispersiyasi va yo‘qolib ketish ehtimolini aniqlash usullari ko‘rib chiqilgan. Avlodlar sonining taqsimotini tavsiflashda ehtimolliklarni hosil qiluvchi funksiyadan foydalanilgan. Nazariy munosabatlar asosida avlodlar sonining matematik kutilmasi va dispersiyasi uchun formulalar keltirib chiqarilgan. Muayyan ehtimollik taqsimoti uchun sonli hisoblashlar bajarilib, jarayonning superkritik holatda ham yo‘qolib ketishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Natijalar tarmoqlanuvchi jarayonlarni o‘rganishda o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichlari bilan yo‘qolib ketish ehtimolini birgalikda tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar