SOMATIK BIRLIKLAR VA LINGVOKULTUROLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada somatik birliklarning til tizimidagi o‘rni, ularning semantik va lingvokulturologik xususiyatlari hamda milliy-madaniy tafakkurni ifodalashdagi ahamiyati yoritiladi. Somatik birliklar inson tanasi a’zolarining nomlari asosida shakllangan so‘zlar, iboralar va turg‘un birikmalarni qamrab olib, xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari, qadriyatlari va dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liqdir. Maqolada lingvokulturologiyaning nazariy asoslari, til va madaniyat munosabatlari, somatik frazeologizmlarning ma’no ko‘chishi hamda milliy o‘ziga xoslikni aks ettirish xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi “ko‘ngli keng”, “bosh qotirmoq”, “ko‘z qorachig‘idek asramoq”, “yuragi orqasiga tortmoq” kabi somatik birliklar misolida ularning mazmuniy va madaniy xususiyatlari izohlanadi. Tadqiqot natijalari somatik birliklarni o‘rganish tilning nafaqat grammatik va leksik imkoniyatlarini, balki xalqning milliy tafakkuri va madaniy xotirasini anglashda ham muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan