PEDAGOGIK O‘LCHASH VA MEZONLI BAHOLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik o‘lchash va mezonli baholashning ilmiy-nazariy hamda metodologik asoslari, ularning ta’lim sifatini ta’minlashdagi funksiyalari va amaliy ahamiyati batafsil tadqiq etilgan. O‘quv natijalarini xolis aniqlashda pedagogik diagnostika, o‘lchash vositalarining validligi, ishonchliligi va adolatliligi kabi asosiy nazariy tushunchalar tahlil qilingan. Shuningdek, normaga asoslangan hamda mezonga asoslangan baholash yondashuvlarining o‘ziga xos xususiyatlari va farqli jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada diagnostik, shakllantiruvchi va yakuniy baholash turlarining uzviy bog‘liqligi, baholash mezonlari hamda indikatorlarini shakllantirish, baholash rubrikalarini tuzish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari atroflicha yoritib berilgan. Tadqiqot yakunida ta’lim amaliyotida mezonli baholash tizimini takomillashtirishga qaratilgan amaliy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan