Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Ingliz va oʻzbek tillarida zamon kategoriyasining qiyosiy-lingvistik tadqiqoti

Fayyoza Xo'jamurodovaMadina ErgashevaShahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida zamon (tense) kategoriyasining qiyosiy-lingvistik xususiyatlari keng va chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida har ikki tilning grammatik tizimida zamonning ifodalanish usullari, ularning strukturaviy va semantik jihatlari o‘rganiladi. Ingliz tilida zamon kategoriyasi qat’iy grammatik shakllar, yordamchi fe’llar hamda analitik konstruktsiyalar orqali ifodalanishi bilan ajralib turadi. O‘zbek tilida esa zamon ko‘proq sintetik usulda, ya’ni fe’l negiziga qo‘shimchalar qo‘shish orqali ifodalanadi va ko‘pincha kontekst bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Maqolada hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon shakllarining har ikki tildagi ifodalanish mexanizmlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi, ularning nutqdagi funksional yuklamasi va kommunikativ vazifalari ochib beriladi. Shuningdek, ingliz tilidagi davomiylik (continuous), mukammallik (perfect) kabi zamon shakllari bilan o‘zbek tilidagi mos yoki qisman mos keluvchi shakllar o‘rtasidagi farqlar ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar