Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Dastarbosh oʻsimligi xomashyosidan olingan quruq ekstraktlarning element tahlili

Sh.B. JurabayevaToshkent farmatsevtika institutiF.S. KayumovToshkent farmatsevtika institutiF.H. TuhtayevToshkent farmatsevtika institutiH.R. TuhtayevToshkent farmatsevtika instituti
2026en
ABI

Annotatsiya

Dastarbosh o‘simligi (Tanacetum vulgare L.) xomashyosidan olingan quruq ekstraktning makro- va mikroelement tarkibi zamonaviy instrumental tahlil usullari asosida o‘rganildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quruq ekstrakt tarkibida organizm uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turli xil makro- va mikroelementlar mavjudligi aniqlandi. Aniqlangan elementlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari quruq ekstraktning mineral tarkibi yetarlicha boy ekanligini ko‘rsatdi. Mazkur elementlarning mavjudligi ekstraktning biologik qiymatini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida baholandi. Olingan tajriba natijalari asosida Tanacetum vulgare L. xomashyosidan olingan quruq ekstraktni biologik faol qo‘shimchalar tarkibida biologik faol komponent sifatida qo‘llash imkoniyati tavsiya etildi. Tadqiqot natijalari ushbu o‘simlik xomashyosidan olinadigan quruq ekstraktni keyingi bosqichlarda farmatsevtik va nutrasevtik yo‘nalishlarda qo‘llash uchun istiqbolli xomashyo sifatida baholash imkonini beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar