Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

UILYAM SHEKSPIR VA ABDURAUF FITRAT TRAGEDIYALARINING LINGVOPOETIK VA FALSAFIY XUSUSIYATLARI

ORTIQOVA MAVJUDA MAQSUDOVNABuxoro davlat texnika universiteti
2026en
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Uilyam Shekspirning “Hamlet” va Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” tragediyalari lingvo-falsafiy jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki asarda inson va jamiyat munosabatlari, hokimiyat va axloq, adolat va xiyonat, haqiqat va yolg‘on, shaxsiy mas’uliyat va tarixiy zarurat kabi muammolarning badiiy ifodalanishi o‘rganiladi. Tragediyalardagi personajlar nutqi, ichki monolog, ramziy ma’no, metafora, qarama-qarshilik va nutqiy ta’sir vositalarining g‘oyaviy-estetik vazifalari yoritiladi. Shekspir ijodida insonning ichki ruhiy ziddiyatlari va borliq mohiyatini anglashga intilishi, Fitrat tragediyasida esa hokimiyat inqirozi, ijtimoiy tanazzul va millat taqdiri bilan bog‘liq falsafiy qarashlar yetakchi o‘rin tutishi asoslanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar