MUALLIFLIK KORPUSIDA O'XSHATISH PARADIGMASI VA ETALONLARNING QIYOSIY DIAPAZONI
Annotatsiya
Annotatsiya. Korpus asosida o‘xshatishlarni tadqiq etishda alohida qurilmalarni aniqlash bilan cheklanish muallifning qiyosiy-obrazli tafakkurini to‘liq tavsiflash imkonini bermaydi. O‘xshatish subyekti va etaloni o‘rtasidagi munosabatlarni tizimli kuzatish bir xil obraz atrofida shakllangan qiyoslar majmuyini hamda muayyan etalonning turli tasvir obyektlari bilan bog‘lanish imkoniyatini aniqlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan mazkur tadqiqotda o‘xshatish paradigmasi va etalonning qiyosiy diapazoni o‘zaro bog‘liq tahlil parametrlari sifatida qaraladi. Kalit so‘zlar: mualliflik korpusi, o‘xshatish, o‘xshatish paradigmasi, o‘xshatish etaloni, poetik obraz, muallif tafakkuri. Аннотация. При
Hali tarjima qilinmagan