SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA MOMORDICA CHARANTIA L. O‘SIMLIGINING INTRODUKSIYASI VA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada qovoqdoshlar oilasiga mansub Momordica charantia L. o‘simligining botanik tavsifi, biologik va ekologik xususiyatlari, introduksiya jarayonining nazariy asoslari hamda Surxondaryo viloyati sharoitida yetishtirish imkoniyatlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. O‘simlikning oziq-ovqat va dorivor xomashyo sifatidagi ahamiyati, tarkibida uchraydigan biologik faol birikmalar, tashqi muhit omillariga munosabati va yetishtirish texnologiyasini mahalliy sharoitga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xorijiy tadqiqotchilarning Momordica charantia turining kimyoviy tarkibi, biologik faolligi va funksional oziq-ovqat sifatidagi imkoniyatlariga bag‘ishlangan ishlari O‘zbekistonda olib borilgan introduksion tadqiqotlar, xususan, Andijon viloyati sharoitida bajarilgan ilmiy izlanishlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Surxondaryo viloyatining issiq iqlimi va uzoq vegetatsiya davri mazkur o‘simlikni yetishtirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun muhim sharoit yaratishi mumkin, biroq bunday imkoniyatlarning amaliy samaradorligi dala tajribalari orqali aniqlanishi zarur. Maqolada o‘simlikning unuvchanligi, o‘sishi, rivojlanishi, gullashi, meva hosil qilishi va mahsuldorligiga ta’sir etuvchi omillarni kompleks baholash zarurligi asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan