Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Turar xonadonlarni sotish jarayonini onlayn nazorat qilish platformasini loyihalash: mikroservislar arxitekturasi, maʼlumotlar bazasi va UI/UX metodologiyasi

Maksudbek XodjayevMagistrant, Osiyo Xalqaro UniversitetiUlugbek Ibragimov
2026en
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada turar xonadonlarni sotish jarayonini onlayn nazorat qilish platformasining loyihalash metodologiyasi taqdim etilgan. Platforma 8 ta mustaqil mikroservisdan (Auth, Listing, Search, Transaction, Payment, Messaging, Analytics, Media) iborat arxitekturaga asoslangan. Texnologik stek sifatida React.js + Next.js 14 (frontend), NestJS (backend), PostgreSQL 16 + PostGIS (asosiy baza), ElasticSearch 8.12 (qidirish), Redis 7.2 (kesh), RabbitMQ (xabar navbat), Socket.IO (real-time) tanlangan. Ma'lumotlar bazasi 14 ta jadvaldan iborat bo'lib, 3NF normalizatsiya qoidalariga muvofiq loyihalangan. RESTful API OpenAPI 3.0 spetsifikatsiyasiga muvofiq 12 ta asosiy endpoint bilan ishlab chiqilgan. 50 nafar potentsial foydalanuvchi bilan o'tkazilgan intervyu natijasida firibgarlikdan himoya (4,9/5) va ishonchli narx ma'lumoti (4,8/5) eng yuqori ustuvorliklar sifatida aniqlangan. Tranzaksiya boshqaruvi moduli 9 ta holatli state machine asosida loyihalangan. Xavfsizlik tizimi JWT, OAuth 2.0, 2FA, TLS 1.3, KYC va escrow mexanizmlarini o'z ichiga oladi

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar