DAVLAT ISHTIROKIDAGI TRANSPORT KORXONALARIDA BUDJET MABLAGʻLARIGA QARAMLIKNI KAMAYTIRISHNING MOLIYAVIY-INSTITUTSIONAL OMILLARI
Annotatsiya
Maqolada davlat ishtirokidagi transport korxonalarining budjet mablagʻlariga qaramligini kamaytirish omillari moliyaviy va institutsional jihatlar birligida oʻrganildi. Ya. Kornaining yumshoq budjet cheklovi nazariyasi, siyosiy yuklamalar konsepsiyasi va jamoat xizmati majburiyatlarini kompensatsiyalash amaliyoti asosida budjetga qaramlik koeffitsiyenti hamda oʻz-oʻzini moliyalashtirish koeffitsiyenti taklif etildi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Milliy statistika qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lumotlari boʻyicha jamoat transporti xarajatlarining 65,1 foizi subsidiyalar hisobidan qoplangani, qaramlik koeffitsiyenti 1,87 ga teng boʻlgani aniqlandi. 2025-yilda oʻz va bozor manbalaridan moliyalashtirilgan investitsiyalar davlat ta'minotidagi manbalardan 3,47 barobar koʻp boʻldi. Tuzilmaviy isloh qilingan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ 2024-yilda foydaga chiqdi. Muallif tarif, shartnomaviy kompensatsiya, bozor moliyalashuvi va korporativ boshqaruvni ketma-ket bogʻlovchi bosqichli modelni asosladi hamda moliyaviy mustaqillikni oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqdi. Natijalar budjet koʻmagini shartnomaviy kompensatsiya bilan cheklash davlat ulushi saqlangan holda ham moliyaviy intizomni kuchaytirishini koʻrsatdi.