Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV JARAYONLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv jarayonlariga zamonaviy yondashuvlar va usullar tadqiq etilgan. Korporatsiya maqsadi toʻgʻrisidagi munozaraning aksiyadorlar modelidan manfaatdor tomonlar, maqsad va ESG hamda raqamli va moslashuvchan boshqaruvga qadar evolyutsiyasi koʻrsatilgan. Zamonaviy yondashuvlar toʻrt yoʻnalishga – uzoq muddatli qiymat yaratish, korporatsiya maqsadini manfaatdor tomonlar bilan uygʻunlashtirish, kengash jarayonlari va xulq-atvori hamda raqamli boshqaruvga guruhlangan. Qiymatga yoʻnaltirilgan boshqaruv, balanslashtirilgan koʻrsatkichlar tizimi, korporativ risklarni boshqarish, "uch chiziq" modeli, compliance, kengash samaradorligini baholash, ESG integratsiyasi va raqamli korporativ boshqaruv usullarining mazmuni va natijalari tizimlashtirilgan. Ushbu usullarning Oʻzbekiston amaliyotida joriy etilish holati baholanib, raqamli oshkoralik va MHXSga oʻtishda ilgarilash mavjudligi, biroq elektron yigʻilishlar, kengash portallari, real vaqtli KPI tizimlari hali tizimli tus olmagani, taftish komissiyasi va ichki audit vakolatlari takrorlanishi aniqlangan. Natijada zamonaviy usullarni strategik, boshqaruv, nazorat va texnologik darajalarga ajratib, har bir darajani aniq korporativ organlar javobgarligiga biriktiruvchi integratsiyalashgan model va uni bosqichma-bosqich joriy etish tartibi taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba