OLIY TA'LIM TALABALARINING LOYIHAVIY KOMPETENSIYALARINI SUN'IY INTELLEKT VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada oliy ta'lim talabalarining loyihaviy kompetensiyalarini sun'iy intellekt vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Loyihaviy kompetensiyaning mazmuni, uni shakllantirishda loyihaviy ta'limning o'rni hamda generativ sun'iy intellektdan foydalanishning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda mavjud ilmiy manbalarni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish va pedagogik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Natijada sun'iy intellektni loyihaviy faoliyatga integratsiyalashning nazariy modeli, pedagogik shartlari va baholashga oid tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, texnologiyadan foydalanishda axborot ishonchliligi, akademik halollik va talabalarning mustaqil fikrlashini ta'minlash masalalari asoslandi.