Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUVEREN FONDLAR PORTFELINI VENCHUR KAPITALI VA IKKI KANALLI MOLIYALASHTIRISH ASOSIDA DIVERSIFIKATSIYALASH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi aktivlari tarkibining bank sektoriga aloqadorligi hamda innovatsion loyihalarni baholash va monitoring qilish jarayonlarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida o‘zaro bog‘liq ikki yondashuv ilgari suriladi. Birinchi yondashuv jamg‘armaning venchur fondlar kapitalida ishtiroki orqali sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan startaplarni moliyalashtirish, portfelni diversifikatsiyalash va ixtisoslashgan boshqaruvchilar tajribasidan foydalanish imkoniyatlariga qaratilgan. Ikkinchi yondashuvda tijorat banklariga ajratiladigan subordinar qarz va ustav kapitaliga qo‘yilmalar nisbatini kapital yetarliligi ko‘rsatkichlariga moslashtiruvchi ikki kanalli model taklif etiladi. Venchur aktivlar uchun ssenariyli farazlar asosida hisoblangan portfel ko‘rsatkichlari diversifikatsiyalashning ehtimoliy afzalliklarini ko‘rsatadi. AT “Aloqabank” misolida esa tanlangan soddalashtirilgan model va kapital talablari sharoitida subordinar qarzdan to‘liq foydalanish uchun zarur birinchi darajali kapital chegarasi 350 mln AQSh dollaridan 90 mln AQSh dollarigacha o‘zgarishi hisoblangan. Natijalar amaliyot uchun dastlabki uslubiy asos bo‘lib, ularni real risk ko‘rsatkichlari va amaldagi prudensial talablar asosida qo‘shimcha baholash maqsadga muvofiq. Kalit so‘zlar: suveren fond, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, venchur kapital, sun’iy intellekt, diversifikatsiya, subordinar qarz, ustav kapitali, kapital yetarliligi, Bazel III. Аннотация. В статье анализируются структура активов Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан с точки зрения их связи с банковским сектором, а также возможности совершенствования экспертизы и мониторинга инновационных проектов. Предлагаются два взаимосвязанных подхода: участие Фонда в капитале венчурных фондов для финансирования стартапов в сфере искусственного интеллекта и диверсификации инвестиционного портфеля; двухканальная модель финансирования банков, предусматривающая определение соотношения субординированного долга и вложений в уставный капитал с учетом требований к достаточности капитала. Сценарные расчеты демонстрируют потенциальные преимущества диверсификации при заданных предпосылках. На примере АО «Алокабанк» в рамках упрощенной модели расчетный порог капитала первого уровня, необходимый для полного учета субординированного долга, изменяется с 350 до 90 млн долларов США. Полученные результаты имеют предварительный методический характер и требуют уточнения с учетом фактических рисков и действующих пруденциальных нормативов. Ключевые слова: суверенный фонд, Фонд реконструкции и развития, венчурный капитал, искусственный интеллект, диверсификация, субординированный долг, достаточность капитала, Базель III. Abstract. This article examines the asset structure of Uzbekistan’s Fund for Reconstruction and Development in relation to its exposure to the banking sector and opportunities to strengthen the appraisal and monitoring of innovative projects. Two complementary approaches are proposed. The first considers equity participation in professionally managed venture funds as a possible channel for financing artificial-intelligence start-ups and diversifying the Fund’s portfolio. The second develops a two-channel bank-financing framework for determining the mix of subordinated debt and equity contributions in light of capital adequacy requirements. Scenario-based portfolio calculations suggest potential diversification benefits under the specified assumptions. In an illustrative application to Aloqabank, the simplified model yields a change from USD 350 million to USD 90 million in the estimated Tier 1 capital threshold required for the full recognition of subordinated debt. These findings are preliminary and should be reassessed against observed risks and the prudential rules applicable to the bank. Keywords: sovereign wealth fund, Fund for Reconstruction and Development, venture capital, artificial intelligence, diversification, subordinated debt, equity, capital adequacy, Basel III.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba