KONTEYNER TERMINALLARINING MAQBUL JOYLASHUVINI NSGA-II ALGORITMI VA PARETO SAMARALI YECHIMLAR ASOSIDA ANIQLASH
Annotatsiya
Ushbu maqolada kontreyler terminallarining maqbul joylashuvini aniqlash uchun ko'p mezonli optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan. Modelda terminal joylashuvi variantlari umumiy tashish xarajatlari, tashish vaqti hamda tashish jarayonida ajralib chiqadigan CO₂ miqdori mezonlari bo'yicha baholanadi. Optimallashtirish masalasini yechishda NSGA-II algoritmidan foydalanilib, muqobil terminal joylashuvlari orasidan Pareto mezonlariga mos samarali yechimlar shakllantiriladi. Har bir terminal joylashuvi varianti yuk oqimlarining transport tarmog'i bo'yicha taqsimlanishi hamda mavjud temir yo'l va terminal quvvatlari cheklovlarini hisobga olgan holda baholanadi. Mazkur yondashuv terminal joylashuvini transport, iqtisodiy va ekologik ko'rsatkichlarni o'zaro bog'liq holda hisobga olib aniqlash imkonini beradi.