Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INGLIZ VA O‘ZBEK MAISHIY DISKURSIDA HAMJIHATLIK VA USTUVORLIK STRATEGIYALARINING GENDER-PRAGMATIK NAMOYON BO‘LISHI

F BaxtiyorovaPhD tadqiqotchisi (doktorant), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek maishiy diskursida hamjihatlik va ustuvorlik strategiyalarining gender-pragmatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi ushbu strategiyalarning lingvistik realizatsiyasi, pragmatik funksiyalari va gender bilan bog‘liq namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda Tannenning gender va kommunikativ ehtiyojlar haqidagi qarashlari, Spencer-Oateyning rapport management konsepsiyasi hamda Brown va Levinsonning xushmuomalalik nazariyasiga tayaniladi. Empirik materialni 10 ta ingliz va 14 ta o‘zbek tilidagi, jami 24 ta maishiy dialog tashkil etadi. Qiyosiy-pragmatik, diskursiv va kontekstual tahlil natijasida hamjihatlik strategiyasi barcha dialoglarda, ustuvorlik strategiyasi esa 13 ta dialogda (54,2%) aniqlangan. 9 ta dialogda (37,5%) mazkur strategiyalar birgalikda yoki almashinuvchan tarzda qo‘llangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi strategik kommunikativ xulq-atvorni faqat gender bilan emas, balki ijtimoiy munosabat, kommunikativ vaziyat, ijtimoiy rol va lingvomadaniy kontekst bilan o‘zaro bog‘liq holda talqin qilishda namoyon bo‘ladi. Natijalar ingliz va o‘zbek maishiy diskursida strategik tanlovning kontekstga bog‘liq va dinamik xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar