Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

M MamasoliyevaAndijon davlat chet tillari instituti
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari, ularning milliy-madaniy mazmunni ifodalashdagi o‘rni hamda xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi va qadriyatlarini aks ettirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning materiali sifatida maqolada qiyosiy tahlilga jalb etilgan 13 ta o‘zbek va ingliz frazeologik birligi belgilandi. Ular tana a’zolari, hayvonlar, ranglar, oziq-ovqat va tabiat hodisalari bilan bog‘liq obrazlarni qamrab oladi. Birliklarni tanlashda uchta asosiy mezon: turg‘unlik, ko‘chma ma’noning mavjudligi va muayyan madaniy-obrazli komponentning ifodalanishi hisobga olindi. Tadqiqotda tavsifiy, semantik, qiyosiy va lingvokulturologik tahlil metodlari qo‘llanib, frazeologizmlarning semantik yaxlitligi, obrazli asosi, konnotatsiyasi va milliy-madaniy komponenti o‘zaro qiyoslandi. Tahlil natijalari bir xil insoniy kechinmalar turli tillarda turlicha obrazlar orqali konseptuallashtirilishini ko‘rsatdi. Shu sababli frazeologik birliklarning mazmunini aniqlashda ularning lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda madaniy kontekstini ham hisobga olish zarurligi asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar