KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING IQTISODIY MAQSADGA MUVOFIQLIGINI BAHOLASH MEZONLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada kichik biznes subyektlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash mezonlari tizimi ishlab chiqildi. Texnologiya, tashkilot va muhit modeli, innovatsiyalar diffuziyasi nazariyasi, bashorat iqtisodiyoti va unumdorlikning J-egri chizigʻi konsepsiyasi asosida mezonlar iqtisodiy samara, texnologik tayyorlik, tashkiliy salohiyat va risklar boshqaruvchanligi guruhlariga ajratildi. Iyerarxiyalarni tahlil qilish usuli yordamida guruhlar vaznlari hisoblandi: iqtisodiy samara 0,424, texnologik tayyorlik va risklar boshqaruvchanligi 0,227 dan, tashkiliy salohiyat 0,122 vaznga ega boʻldi, muvofiqlik nisbati 0,004 ni tashkil etdi. Kichik korxonalarda asosiy toʻsiqlar texnologik emas, balki tashkiliy va huquqiy xususiyatga ega ekani koʻrsatildi. Muallif integral muvofiqlik koʻrsatkichini va joriy etish, kechiktirish hamda rad etish zonalarini belgilovchi qaror qoidasini taklif qildi. Natijalar kichik korxonalar, tijorat banklari va davlat dasturlari uchun sunʼiy intellekt loyihalarini oldindan saralashda ilmiy-uslubiy asos boʻlib xizmat qildi.
Hali tarjima qilinmagan