Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AKT SOHASI AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY INSTRUMENTLAR AUDITINING RISK-YO'NALTIRILGAN USLUBIYOTI

Нодира ШанасироваToshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD
2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada AKT sohasidagi aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy instrumentlar auditining ISA 315 (Revised 2019), ISA 330 va ISA 540 (Revised) standartlariga asoslangan risk-yo'naltirilgan uslubiyoti ishlab chiqilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi audit obyektlarini 21-son BHMS hisobvaraqlari va ishchi hisobvaraq kodlari asosida xaritalash, ushbu xaritani milliy standartlar hamda MHXS bo'yicha qo'llash, ichki riskni ehtimollik va miqdor ko'paytmasi (L × M) orqali nazorat riskidan alohida baholash hamda auditorlik yondashuvini risk darajasiga qarab tanlashdan iborat. Audit tartiblari «registr – tasdiqlash – ishchi hujjat maydoni» zanjiri orqali hujjatlashtirilgan. «O'zbektelekom» AK va «O'zbekiston pochtasi» AJ ma'lumotlari asosidagi illyustrativ baholashda har bir tashkilot bo'yicha 49 ta obyekt–tasdiqlash katagining mos ravishda 27 va 22 foizi yuqori yoki ahamiyatli risk darajasiga ega deb baholangan. Uslubiyotning hujjatli qamrovini baholash uchun 12 blokli indeks va uni sinovdan o'tkazish tartibi taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba