Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INTERAKTIV PLATFORMALAR VOSITASIDA BOʻLAJAK PEDAGOGLARNING TEXNOLOGIK-AMALIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH: ELEKTRON TA'LIM RESURSLARINI YARATISH TAJRIBASI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada bo'lajak pedagoglarning texnologik-amaliy kompetensiyasini interaktiv platformalar yordamida elektron ta'lim resurslarini yaratish orqali rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Dastlabki diagnostika natijalariga ko'ra (n = 72), talabalarning 63,9 foizi motivatsion-qadriyatli mezon bo'yicha yuqori darajani namoyon etgan bo'lsa, texnologik-amaliy mezon bo'yicha ushbu ko'rsatkich atigi 13,9 foizni tashkil etgani aniqlangan. Mazkur tafovutni kamaytirish hamda bo'lajak pedagoglarning raqamli ta'lim muhitida amaliy faoliyatga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan to'rt bosqichli metodika ishlab chiqilgan. Tadqiqotda ushbu metodikani ta'lim jarayoniga joriy etish natijalari, elektron ta'lim resurslarini loyihalash va yaratishda interaktiv platformalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari hamda texnologik-amaliy kompetensiyani rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba