Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DATA-JURNALISTIKA USULLARI VOSITASIDA IQTISODIY VA MOLIYAVIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH HAMDA TAHLIL QILISH METODIKASI

Mustafakulov, SherzodNordic International University
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada data-jurnalistika usullari vositasida iqtisodiy va moliyaviy jarayonlarni modellashtirish hamda tahlil qilish metodikasi tadqiq etiladi. Data-jurnalistikaning “aniqlik jurnalistikasi” an'anasidan raqamli ma'lumotlar tahliliga qadar boʻlgan rivojlanish bosqichlari va jurnalistikadagi “miqdoriy burilish” konsepsiyasi tahlil qilinadi. Ma'lumotlarni topish, tozalash, tahlil qilish, modellashtirish, vizuallashtirish va tekshirishdan iborat ish jarayoni tavsiflanib, iqtisodiy materiallarda eng koʻp qoʻllaniladigan oʻsish sur'ati, nominal koʻrsatkichlarni real ifodaga keltirish, oʻrtacha geometrik sur'at, standartlashtirilgan ogʻish va chiziqli trend usullarining formulalari keltiriladi. Metodika Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va statistika organlarining 2021–2025-yillardagi inflyatsiya ma'lumotlari asosida sinovdan oʻtkaziladi. Natijalarni auditoriyaga yetkazishda noaniqlikni toʻgʻri ifodalash va tahlilning takrorlanuvchanligini ta'minlash tamoyillari asoslab beriladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba