Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MALAKALI DZYUDOCHILARNI XALQARO MUSOBAQALARGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH: OLIMPIYA SARALASH DAVRIDA REJALASHTIRISH VA CHO'QQI SHAKLGA CHIQARISH

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada 2028-yilgi Olimpiya o'yinlariga saralash davri sharoitida malakali dzyudochilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash tizimini takomillashtirish yo'llari ko'rib chiqilgan. O'zbekiston terma jamoasining 2023–2025-yillardagi natijalari tahlili musobaqa darajasi oshgani sari natijadorlik pasayishini ko'rsatdi: Toshkentdagi "Katta dubulg'a" turnirlarida terma jamoa 2023-yilda 8 ta, 2025-yilda 12 ta medal, Osiyo chempionatlarida 6 ta (2024) va 7 ta medal (2025, 2-o'rin) qo'lga kiritgan bo'lsa, jahon chempionatlarida medallar soni 4 tadan 0 taga kamaygan. Shu bilan birga, finalda g'alaba koeffitsiyenti 75 foizdan (Toshkent, 2023) 25 foizga (Toshkent, 2025) va jahon chempionatlarida 0 foizga tushgan, 2025-yilgi uy turnirida oltin medallar ulushi atigi 8,3 foizni tashkil etgan. Bu sportchilarni asosiy startga cho'qqi shaklga chiqarish va musobaqa taqvimini boshqarish muammosidan dalolat beradi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi reyting qoidalari (ochkolar 12 oy davomida 100 foiz, 24 oygacha 50 foiz hisobga olinadi) va 2026-yil iyunidan Olimpiya saralashi boshlanganini hisobga olib, blokli davriylashtirish, asosiy startga yo'naltirilgan yuklamani kamaytirish, vazn rejimini nazorat qilish va musobaqa tayyorgarligi samaradorligi ko'rsatkichlarini o'z ichiga olgan ikki yillik saralash siklini rejalashtirish modeli taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba