TALABALARDA XITOY TILI FONETIK KOMPETENSIYASINING SHAKLLANGANLIK DARAJASINI EKSPERIMENTAL TADQIQ ETISH NATIJALARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada xitoy tili o‘qitish jarayonida talabalarning fonetik kompetensiyasining shakllanganlik darajasini baholashga qaratilgan Subyektiv so‘rovnomasining ilmiy-metodologik asoslari, tuzilishi va qo‘llanilish natijalari tahlil qilinadi. So‘rovnoma talabalarning xitoy tili fonetikasiga oid bilim va ko‘nikmalariga bo‘lgan subyektiv munosabati, motivatsiyasi va qiyinchilik idrokini o‘lchashga xizmat qiladi. So‘rovnoma 3 ta qismdan iborat bo‘lib, 28 ta savolni o‘z ichiga oladi, unda 159 nafar talaba ishtirok etdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, talabalarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 59,8% ni tashkil etib, bu o‘rta darajaga to‘g‘ri keladi. Eng past ko‘rsatkichlar mustaqil mashq vaqti (2,5/5) va ton o‘zgarishi bilimi (2,6/5) bo‘yicha kuzatildi. Eng yuqori ko‘rsatkich esa ohanglarni o‘rganish muhimligi (4,4/5) bo‘ldi. Ushbu so‘rovnoma fonetik kompetensiyaning refleksiv-motivatsion komponentini baholash uchun ishonchli va valid vosita hisoblanadi.
Hali tarjima qilinmagan