OLIY TA’LIM MUASSASASIDA O‘QUV YUKLAMASI VA DARS JADVALINI BOSHQARISHDA KO‘P DARAJALI RAQAMLI MONITORINGNI TASHKIL ETISH
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Maqolada oliy ta’lim muassasasida o‘quv yuklamasi va dars jadvalini boshqarishda ko‘p darajali raqamli monitoringni tashkil etish masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqot bitta oliy ta’lim muassasasi misolida, dars jadvali, professor-o‘qituvchilar yuklamasi va auditoriyalar bandligini yagona muhitda yurituvchi ikki platformali dasturiy tizim asosida olib borildi. O‘quv-uslubiy boshqarma, kafedra mudiri, rahbariyat va ta’lim sifati bo‘limi darajalari uchun monitoring obyektlari, ko‘rsatkichlari va javob choralari tizimi ishlab chiqildi hamda 2026–2027 o‘quv yilining kuzgi semestri ma’lumotlarida sinovdan o‘tkazildi. Jadvaldagi 799 nafar professor-o‘qituvchining o‘rtacha haftalik auditoriya yuklamasi 17,8 soatni tashkil etgani, ulardan 96 nafarida (12,0%) yuklama belgilangan 30 soatlik chegaradan oshgani, mashg‘ulotlarning 10,3 foizida esa talabalar soni auditoriya sig‘imidan ortiqligi aniqlandi. Natijalar monitoringni darajalar bo‘yicha taqsimlash va me’yordan chetga chiqish holatlariga javob qaytarish tartibini belgilash boshqaruv qarorlarining tezkorligi va asosliligini oshirishini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan