Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATINI BOSHQARISH VA ISHLAB CHIQARISH XAVFSIZLIGI TA'MINLASHDAGI XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBASI

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatini boshqarish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta'minlashning nazariy-amaliy jihatlari hamda mazkur sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilingan. Tadqiqotda AQSh, Germaniya, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qo'llanilayotgan zamonaviy boshqaruv mexanizmlari, raqamli texnologiyalar, xavflarni boshqarish tizimlari va xalqaro standartlarning ahamiyati o'rganilgan. Shuningdek, oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish samaradorligi va xavfsizligini ta'minlashga ta'sir etuvchi omillar ilmiy jihatdan baholangan. Maqolada 2020–2025-yillarga oid xalqaro ma'lumotlar asosida oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish salohiyati va xavfsizlikni boshqarish tendensiyalari tahlil qilingan. Xususan, AQShning FSMA tizimi, Yevropa Ittifoqining RASFF axborot tarmog'i, Germaniyaning Industry 4.0 konsepsiyasi hamda Yaponiyaning Kaizen va Lean Manufacturing yondashuvlari samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, HACCP va ISO 22000 kabi xalqaro standartlardan foydalanish, mahsulot kuzatuvchanligini ta'minlash hamda xavflarni profilaktik boshqarish ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot xavfsizligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba