BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA DAVLAT AXBOROT SIYOSATI VA MILLIY MEDIA BOZORI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat axborot siyosatining milliy media bozori rivojiga ta'siri va uning raqobatbardoshligini belgilovchi omillar tadqiq etiladi. 2016–2023-yillarda Oʻzbekiston media bozorida yuz bergan tarkibiy oʻzgarishlar, internet-nashrlar ulushining keskin ortishi va bosma nashrlar sonining qisqarishi tahlil qilinadi. 2025-yilda axborot sohasidagi davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan institutsional islohotlar, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri hamda xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlar media bozori raqobat muhiti nuqtayi nazaridan baholanadi. Media bozori raqobatbardoshligi omillari institutsional-huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy, texnologik va kontent-kadrlar guruhlariga tasniflanib, ularni kuchaytirishga doir takliflar ilgari suriladi.