DAVLAT BOSHQARUVIDA HISOBDORLIK VA SHAFFOFLIKNI OSHIRISHDA JAMOATCHILIK NAZORATI HAMDA OAVNING OʻZARO TA'SIRI METODOLOGIYASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat boshqaruvida hisobdorlik va shaffoflikni oshirishda jamoatchilik nazorati institutlari va ommaviy axborot vositalarining oʻzaro ta'siri metodologiyasi tadqiq etiladi. Vertikal, gorizontal va ijtimoiy hisobdorlik konsepsiyalari asosida jamoatchilik nazorati va OAVning hisobdorlik zanjiridagi oʻrni nazariy jihatdan asoslanadi. Ularning oʻzaro ta'siri “signal – kuchaytirish – institutsional javob – tuzatish” bosqichlaridan iborat sikl sifatida modellashtiriladi. Oʻzbekistonda tashabbusli budjet amaliyoti, davlat organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda xalqaro shaffoflik reytinglaridagi koʻrsatkichlar tahlil qilinadi. Oʻzaro ta'sir samaradorligini baholash uchun javob, tuzatish va oʻz vaqtidalik koeffitsiyentlariga asoslangan integral koʻrsatkich hamda uni hisoblash metodikasi taklif etiladi.