Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

IQTISODIYOTNING YUQORI TEXNOLOGIYAVIY MODELIGA OʻTISHDA DAVLAT–ILM–BIZNES HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada iqtisodiyotni yuqori texnologiyaviy modelga oʻtkazishda davlat, ilm-fan va biznes oʻrtasidagi hamkorlikni takomillashtirishning metodologik va amaliy masalalari tadqiq etilgan. Uch spiral (Triple Helix) nazariyasi asosida uch subyekt oʻrtasidagi resurs va bilim oqimlari matritsasi tuzilib, oʻzaro ta'sirning asimmetriyasi va sinergiya darajasi oʻzaro axborot (mutual information) koʻrsatkichi orqali oʻlchangan. Mualliflar tomonidan 5 blok va 20 indikatordan iborat, ogʻirlik koeffitsiyentlari entropiya usulida aniqlanadigan integral indeks — DIBHI (rus. ИПГНБ, ing. GSBPI) asoslab berilgan. Hisob-kitoblar Oʻzbekiston iqtisodiyotining 2021–2026 yillardagi rasmiy ma'lumotlari asosida amalga oshirilgan. Tahlil natijalari hamkorlikdagi eng zaif boʻgʻin «ilm-fan ↔ biznes» kanali ekanini koʻrsatdi: u barcha oqimlarning atigi 9 foizini tashkil etadi. Maqola yakunida yetti muammo guruhi (M1–M7) aniqlanib, ularga mos sakkiz ustuvor yoʻnalish (Y1–Y8) asoslab berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba