Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FACE ID TEXNOLOGIYASI ASOSIDA XODIMLARNING ISH VAQTI PARAMETRLARINI BAHOLASHNING MATEMATIK MODELI

Dildora Usmonovna SevinovaRadjabov Nazar Karim o'g'liIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, magistranti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada Face ID (yuzni biometrik aniqlash) texnologiyasiga asoslangan xodimlarning ish vaqti parametrlarini baholashning matematik modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotda tahliliy usuldan foydalanilib, yuzni tanish tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlari (notoʻgʻri qabul qilish FAR va notoʻgʻri rad etish FRR darajalari), vaqt hodisalarini roʻyxatga olish jarayoni hamda ishlangan vaqt, kechikish, erta ketish va qoʻshimcha ish vaqti kabi parametrlar formal koʻrinishda ifodalangan. Normallashtirilgan koʻrsatkichlar - vaqtdan foydalanish, mehnat intizomi, davomat va qoʻshimcha mehnat koeffitsiyentlari - kiritilib, ular yagona integral baho funksiyasiga birlashtirilgan; mezonlar vazni ierarxiyalarni tahlil qilish usuli (Analitik iyerarxik tahlil - AIT) yordamida aniqlangan. Model besh nafar xodim ma'lumotlari asosida sonli misol orqali tekshirilgan va xodimlarni mehnat intizomi boʻyicha tabaqalash imkonini berishi koʻrsatilgan. Olingan natijalar taklif etilgan modelning korxonalarda obyektiv va avtomatlashtirilgan baholash uchun qoʻllanilishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba