DAVLAT VA XUSUSIY BANKLAR AKSIYALARINING DAROMADLILIGI, RISKI VA BOZOR BAHOSI
Annotatsiya
Maqolada «Toshkent» RFB kotirovkalash varag'idagi to'rtta bank — SQB, «Aloqabank», «Hamkorbank» va «Ipak Yo'li» oddiy aksiyalarining investitsion sifati 2023-yil boshidan 2026-yilning uchinchi choragi oxirigacha bo'lgan davr uchun haftalik ma'lumotlar asosida baholangan. Tahlil davri ikki qismga — 2023–2025-yillar va 2026-yilning to'qqiz oyiga bo'lib o'rganildi. Birinchi davrda davlat banklarining aksiyalari uch yilda atigi 4,8 va 12,8 foiz daromad keltirgani, sharp koeffitsiyenti nolga yaqin yoki manfiy bo'lgani, xususiy banklar aksiyalari esa 191–229 foiz daromad bergani aniqlandi. Davlat banklari aksiyalari kapitalning balans qiymatidan o'rtacha uch barobar arzon baholangan va bu baho kapital rentabelligiga deyarli bog'liq bo'lmagan. Erkin muomaladagi aksiyalarning bozor kapitallashuvidagi ulushi 1,3 foizgacha qisqargan, dividend to'langan hollarda ham uning daromadliligi depozit stavkalaridan 4–18 barobar past bo'lgan. Dividend siyosati, chakana transhli ommaviy taklif va market-meykerlik bo'yicha takliflar berilgan.