Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA BADIIY IDROK VA FANGA OID KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING SINERGETIK-INTEGRATIV ASOSLARI

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining badiiy idroki va o'qish savodxonligiga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda sinergetik yondashuv bilan fanlararo integratsiyaning o'zaro aloqasi yoritiladi. Badiiy asarni tabiatshunoslik, tasviriy san'at, ona tili hamda tarbiya mazmuni bilan bog'lash o'quvchi tafakkurini kengaytirishi mumkin, biroq bunday aloqa matnning badiiy-estetik xususiyatini ikkinchi o'ringa surmasligi asoslanadi. Maqolaning nazariy tayanchlari o'qib tushunishning kontekstual talqini, tranzaksion o'qish, dialogik ta'lim va integrativ o'quv mazmuniga oid tadqiqotlarni qiyosiy o'rganish orqali belgilandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba