ELEKTRON AKSELERATOR PEDALINI QO'L VA OYOQ ORQALI DUAL BOSHQARISH TIZIMINING NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada oyoq harakati cheklangan haydovchilar uchun elektron akselerator pedalini qo‘l orqali boshqarishga mo‘ljallangan richagli-elektron moslamaning nazariy asoslari bayon etilgan. Tadqiqot obyekti boshqaruv dastagi, kronshteyn va dual akselerator sensori tizimidan iborat moslama hisoblanadi. Tadqiqotda statik kuchlar muvozanati, richag mexanizmi kuchlar balansi, potentsiometrik sensor ishlash prinsipi, ergonomik baholash hamda UNECE R21 va UNECE R79 reglamentlari talablariga moslik tahlil qilindi. Matematik model asosida kuch komponentlari, richag momenti va mexanik afzallik koeffitsienti aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, mexanik afzallik koeffitsientini 1,8–2,5 oralig‘ida tanlash qo‘l bilan boshqarish kuchini 1–10 N darajasida saqlash imkonini beradi. Tutqich diametrining 30–40 mm bo‘lishi ergonomik jihatdan maqbul hisoblanadi. Taklif etilgan moslama avtomobillarni nogiron haydovchilar uchun qayta jihozlashda amaliy texnik yechim sifatida foydalanilishi mumkin.