RAQAMLI MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INNOVATSION LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHNING ZAMONAVIY MODELI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Milliy iqtisodiyotda innovatsion loyihalarning bosqichma-bosqich rivojlanib borishi innovatsion faoliyatni tashkil etish va uni moliyalashtirishning zamonaviy yondashuvlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi, yangi texnologik yechimlarning joriy etilishi, innovatsion tadbirkorlik va startap ekotizimining rivojlanishi innovatsion loyihalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning an’anaviy yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqish hamda ularni zamonaviy moliyaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Yangi texnologik mahsulot va xizmatlarni yaratishga yo‘naltirilgan innovatsion loyihalar iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda yangi bozor segmentlarini shakllantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Hali tarjima qilinmagan