Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUDYALARDA KASBIY KUYISHNI YENGIB O‘TISHNING PSIXOLOGIK RESURSLARI

Diyora Erkin qizi XodjakulovaO‘zbekiston Milliy universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada sudyalarning kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan professional kuyish sindromini yengib o‘tishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik resurslar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Sudyalik faoliyatining yuqori darajadagi mas’uliyat, doimiy kognitiv zo‘riqish, vaqt taqchilligi, nizoli vaziyatlar, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish va yuqori psixoemotsional yuklama bilan bog‘liqligi asoslanadi. Professional kuyishning shakllanishida hissiy toliqish, kasbiy faoliyatga nisbatan salbiy munosabat va kasbiy samaradorlikning pasayishi kabi komponentlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada psixologik resurslar shaxsiy, kognitiv-emotsional, ijtimoiy va tashkiliy-professional guruhlarga ajratilgan. Stressni kognitiv baholash, adaptiv koping strategiyalari, psixologik barqarorlik, emotsional o‘zini boshqarish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy refleksiya va ish-hayot muvozanati sudyalarda kasbiy kuyishni yengib o‘tishning muhim resurslari sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, sudyalar uchun psixologik treninglar va profilaktik dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar