Janubiy Koreyada davlat, sanoat va universitetlar hamkorligi innovatsiya hamda malakali kadrlarni rivojlantirishga qanday xizmat qilishi
Annotatsiya
Tadqiqot Janubiy Koreyada Triple Helix modeli asosida universitet–sanoat-davlat hamkorligining innovatsiya va inson kapitalini rivojlantirishdagi o‘rnini o‘rganadi. Metodologiya: Ilmiy adabiyotlar, siyosiy hujjatlar va institutsional hisobotlar tahlili asosida sifatli tadqiqot olib borildi. Janubiy Koreyada davlat boshqaruvidan hamkorlikka asoslangan innovatsion tizimga o‘tish universitet va sanoat aloqalarini kuchaytirdi. Raqobatbardosh moliyalashtirish, siyosiy muvofiqlashtirish va universitetlar mustaqilligi muhim omil bo‘ldi. Tadqiqot rivojlanayotgan davlatlar uchun universitet–sanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar beradi. Maqola Triple Helix modelining Janubiy Koreya tajribasini amaliy va nazariy jihatdan tahlil qiladi.
Hali tarjima qilinmagan