YOSHLARDA BILINGVALLIKNING KOGNITIV JARAYONLARGA TA’SIRI
Annotatsiya
Ushbu maqolada yoshlarda bilingvallikning kognitiv jarayonlarga ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ikki yoki undan ortiq tilni muntazam qo‘llashning diqqat, xotira, tafakkur, idrok, nutqiy faollik hamda ijro funksiyalarining rivojlanishiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, bilingval yoshlarning bir tildan ikkinchi tilga o‘tish jarayonida kognitiv moslashuvchanlik, axborotni qayta ishlash tezligi, muammoni hal qilish va qaror qabul qilish qobiliyatlarining namoyon bo‘lish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Bilingvallikning kognitiv rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, til interferensiyasi, leksik birliklarni tanlash va nutqiy axborotni qayta ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim qiyinchiliklar ham tahlil etiladi. Maqolada bilingvallikni yoshlarning intellektual va kognitiv salohiyatini rivojlantiruvchi muhim psixologik omillardan biri sifatida o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab beriladi.
Hali tarjima qilinmagan