Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TOSHKENT SHAHAR OLMAZOR TUMANI 243-MAKTAB FAOLIYATIDA FINLYANDIYA TA’LIM TAJRIBASINI MOSLASHTIRISH: «MENING MAKTABIM — MENING FAXRIM» LOYIHA ISHLARI TIZIMI ORQALI O‘QUVCHILARDA AMALIY KO‘NIKMALAR, TANQIDIY TAFAKKUR VA VATANPARVARLIKNI RIVOJLANTIRISH

Komilova Ziroatxon Murodjon qiziТошкент давлат педагогика университети
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Finlyandiya ta’lim tizimidagi «fenomen-asosli o‘rganish» va loyihaga asoslangan o‘rganish (Project-Based Learning — PBL) texnologiyalarini Toshkent shahar Olmazor tumani 243-maktab faoliyatida institusional darajada moslashtirish jarayoni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. 2024–2025 o‘quv yilida maktabda amalga oshirilgan «Mening maktabim — Mening faxrim» umummaktab kampaniyasi doirasida 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan barcha sinf darajalari uchun yosh xususiyatlariga mos to‘qqizta loyiha («Kuz ne’matlari», STEAM-loyihalar, «Milliy qadriyatlar», «O‘zbekiston xaritasi», qo‘l mehnati ko‘rgazmalari, «Buyuk allomalar», «Respublikamizdagi viloyatlar», «Aqlli uy», «Eng mahzali osh») va ularga mos mustaqil amaliy modellar (DIAS, KO‘ZAT, MEROS, YARATILMISH, ALLOMA, VIOL, INNOVATSIYA, PALOV) tizimli ravishda umumlashtiriladi. 2025 yil FIESDU loyihasi doirasidagi Finlyandiya tashrifi kuzatishlari, shuningdek J.Hattie, P.Sahlberg, J.Piaget, L.Vygotskiy, H.Gardner, R.Sternberg, J.Dewey, M.Fullan va boshqa olimlarning tadqiqotlari maqolaning nazariy poydevorini tashkil etadi. Tadqiqot natijasida barcha loyihalarga xos umumiy strukturaviy sikl — «real muammo/fenomen → tadqiqot → loyihalash → amalga oshirish → taqdimot → refleksiya» — aniqlanadi hamda sinf rahbarining fasilitator-koordinator-mentor sifatidagi rolini maktab boshqaruvi tizimiga integratsiyalashning amaliy tavsiyalari ishlab chiqiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar