Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA YUQORI SINF O'QUVCHILARINING INGLIZ TILINI O'QITISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI: TAVSIFIY-EMPIRIK TAHLIL

ISOMIDDIN ILXOMOVICH CHO'LIYEVBuxoro xalqaro universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada yuqori sinf o'quvchilarining ingliz tilini sun'iy intellekt (SI) vositalari yordamida o'rganishiga oid pedagogik-psixologik ko'rsatkichlar tavsifiy statistika asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda 455 nafar yuqori sinf o'quvchisi ishtirok etgan bo'lib, ularning ingliz tiliga oid motivatsion yo'nalganligi R.Gardnerning AMTB (Attitude/Motivation Test Battery) metodikasi, sun'iy intellekt vositalariga munosabati esa mualliflik so'rovnomasi (5 omil, 40 band) yordamida o'rganilgan. Tavsifiy statistika natijalari o'quvchilarda SI vositalaridan foydalanishga tayyorlik va SI yordamida motivatsiya ko'rsatkichlari nisbatan yuqori, tashvish va psixologik to'siqlar ko'rsatkichi esa nisbatan past darajada ekanligini ko'rsatdi. Olingan natijalar ingliz tili o'qitish jarayoniga sun'iy intellekt vositalarini samarali joriy etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar