BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING SHAXSLARARO MULOQOTIDA EMOTSIONAL BARQARORLIK OMILLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxslararo muloqot jarayonida emotsional barqarorlikni ta’minlovchi psixologik omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘qituvchining emotsional holati, stressga chidamlilik, empatiya darajasi, kommunikativ kompetensiya va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati kabi omillar shaxslararo muloqot samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Shuningdek, pedagogik faoliyatda emotsional intellektning ahamiyati, o‘qituvchining kasbiy muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi ruhiy omillar ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim tizimida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, o‘qituvchilarning emotsional barqarorligini rivojlantirish va sog‘lom muloqot madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan