RUHIY ZO‘RAVONLIK QURBONI BO‘LGAN AYOLLARDA O‘Z-O‘ZINI QADRLASH DARAJASINING PASAYISHI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada ruhiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarda o‘z-o‘zini qadrlash darajasining pasayishi psixologik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ruhiy zo‘ravonlikning emotsional bosim, kamsitish, manipulyatsiya va nazorat kabi shakllari ayollarning psixoemotsional holatiga salbiy ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda 42 nafar ayol ishtirok etdi va Rosenberg Self-Esteem Scale, Beck Depression Inventory hamda Spielberger Anxiety Inventory metodikalaridan foydalanildi. Natijalar ruhiy zo‘ravonlik va o‘z-o‘zini qadrlash o‘rtasida kuchli salbiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi (r = -0.68; p < 0.01). Shuningdek, depressiya va xavotir darajasining ortishi ham aniqlanib, kompleks psixokorreksion yondashuvlar samaradorligi asoslab berildi.
Hali tarjima qilinmagan