BIR JINSLI BO‘LMAGAN KO‘P QATLAMLI G‘OVAK MUHITDA TASHQI OMILLAR TA’SIRINI HISOBGA OLGAN HOLDA YER OSTI SUVLARINING FILTRATSIYA JARAYONLARINI MODELLASHTIRISH
Annotatsiya
Zamonaviy suv xo‘jaligi va gidrogeologiya sohasida yer osti suvlari zaxiralarini baholash, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish masalalari eng dolzarb ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Tabiiy sharoitda g‘ovak muhit deyarli hech qachon bir jinsli bo‘lmaydi: turli litologik tarkibga, filtratsiya koeffitsiyentiga va suv sig‘imiga ega bo‘lgan qatlamlar bir-biri bilan gidravlik jihatdan bog‘langan holda murakkab ko‘p qatlamli sistemani hosil qiladi. Bunday sistemalarda filtratsiya jarayonini tavsiflashda faqat gidrogeologik parametrlarning fazoviy heterogenligini emas, balki yog‘in-sochin, bug‘lanish, nasos qudulari orqali suv olish, daryo va sug‘orish tarmoqlari bilan gidravlik aloqa kabi tashqi omillarning ta’sirini ham hisobga olish zarur.
Hali tarjima qilinmagan