RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH NATIJALARI ASOSIDA INDIVIDUAL KOMPETENSIYALAR PROFILI VA SHAXSIY RIVOJLANISH REJASINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya
Maqolada rahbar kadrlarni baholash natijalarini individual kompetensiyalar profili va Shaxsiy rivojlanish rejasiga transformatsiya qilishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan. Baholash natijalarini umumiy ball bilan cheklamasdan, kuzatiladigan xulq-atvor indikatorlari, lavozim talablari va individual rivojlanish ehtiyojlari asosida talqin qilish yondashuvi asoslangan. Xorijiy tajribadagi Individual Development Plan (IDP), Personal Development Plan (PDP) va Executive Development Plan (EDP) modellari qiyosiy tahlil qilingan. Baholash natijalarini aniq rivojlanish maqsadlari va amaliy harakatlarga aylantirishga qaratilgan integrativ mexanizm taklif etilgan. Mazkur yondashuv baholash va rahbarning keyingi kasbiy rivojlanishi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan