Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI TALABA FAOLIYATIDA KELTIRIB CHIQARADIGAN AXBOROT TAHDIDLARINING PEDAGOGIK TASNIFI

Shahzod Mamanazar o'g'li MustafoyevBuxoro Xalqaro Universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada oliy ta’lim talabalari generativ sun’iy intellekt vositalari bilan kundalik ishlaganda duch keladigan axborot tahdidlarini pedagogik maqsadda tasniflash masalasi ko‘rib chiqilgan. Uchta oliy ta’lim muassasasida 586 talaba o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Respondentlarning 71,3 foizi shaxsiy ma’lumotlarini sun’iy intellektga kiritgan, 64,7 foizi olingan natijani tekshirmay ishlatgan, 43,6 foizi esa rasmiy xizmat o‘rniga uchinchi shaxslar yaratgan Telegram-botlardan foydalanadi. OWASP, NIST va boshqa mavjud tasniflar muhandislar uchun tuzilgan, shu bois ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv mazmuniga aylantirib bo‘lmaydi. Muallif tahdidlarni talabaning sun’iy intellekt bilan muloqoti bosqichlariga qarab to‘rt guruhga ajratadi: kiruvchi ma’lumotlar, chiquvchi natija, kirish va hisob qaydnomasi hamda kognitiv-xulqiy tahdidlar. Har bir guruh uchun shakllantirilishi kerak bo‘lgan himoya ko‘nikmasi belgilangan. Tasnifdan o‘quv mazmunini tanlash va keyslar tuzishda qanday foydalanish mumkinligi misollarda ko‘rsatilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar