Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘SMIRLARDA BILINGVAL IDENTIKLIK SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Mexriyo Nuraddin qizi Ro‘zmetovaBuxoro xalqaro universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada o‘smirlik davrida bilingval identiklikning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillar tizimli tahlil qilingan. Bilingval identiklik shaxsning ikki til va ular ifodalayotgan ikki madaniy makonga nisbatan o‘zini anglash, mansublik va qadriyat munosabatlarining barqaror tuzilmasi sifatida ta’riflanadi. Muallif bilingvizmni faqat lingvistik kompetensiya hodisasi emas, balki o‘smirning “men” obrazi, ijtimoiy mansubligi va emotsional tajribasi bilan uzviy bog‘liq ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida qaraydi. Tadqiqotda nazariy tahlil, adabiyotlarni tizimlashtirish va mualliflik metodologik matritsasi usullaridan foydalanilgan. Matritsa o‘nta omilni to‘rt mezon – nazariy asos, ta’sir mexanizmi, empirik o‘lchov vositasi va kutilayotgan natija bo‘yicha qiyoslash imkonini beradi hamda omillarni makro, mezo va mikrodarajalarga ajratadi. Tahlil natijasida o‘smir bilingval identikligining shakllanishida oilaviy til siyosati, ta’lim muhitidagi til rejimi, tengdoshlar guruhi va tillarning subyektiv prestiji yetakchi ahamiyatga ega ekanligi, til kompetensiyasi darajasi esa mustaqil omil emas, balki vositachi o‘zgaruvchi vazifasini bajarishi asoslangan. Maqolada O‘zbekiston sharoitida bilingval identiklikni empirik o‘rganish bo‘yicha metodik takliflar ilgari surilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar