ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI BAHOLASH USULLARI VA MODELLARINING TAHLILI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy salohiyatini raqamli texnologiyalar asosida baholash metodologiyasi takomillashtiriladi. Tadqiqotning maqsadi korxona resurslaridan foydalanish samaradorligini kompleks indikatorlar orqali aniqlashdan iborat. Muallif tomonidan integrallashgan ko'rsatkichlar modeli taklif etilib, unda ishlab chiqarish, texnologik, moliyaviy, innovatsion va raqamlashtirish omillari birlashtirilgan. Raqamli algoritmlar asosida ko'rsatkichlarni baholash yondashuvi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda qaror qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik sifatida iqtisodiy salohiyatni baholashning ko'p omilli raqamli modeli asoslab berilgan.