AKT SOHASI AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY INSTRUMENTLARNI IFRS 9 BO'YICHA TASNIFLASH ALGORITMI VA ISHCHI HISOBVARAQLAR TIZIMI
Annotatsiya
Maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy instrumentlarni IFRS 9 va IAS 32 bo'yicha tasniflashning 0 dan 8 gacha raqamlangan to'qqiz qadamli algoritmi ishlab chiqilgan. Algoritm standartlarda belgilangan tasniflash tartibini uchta unsur bilan to'ldiradi: IFRS 9 kategoriyasini o'zgartirmaydigan funksional rol o'lchovi, har bir tasnif qarorini hujjatlashtiruvchi kartochka va 21-son BHMSda belgilangan sintetik hisobvaraqlarni saqlovchi to'rt komponentli (K.S.V.R) ishchi hisobvaraq kodi. «O'zbektelekom» AK va «O'zbekiston pochtasi» AJning 2025-yil 31-dekabr holatidagi buxgalteriya balanslari asosida o'tkazilgan dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, «debitorlar, jami» ko'rsatkichidagi moliyaviy aktivlar ulushi mos ravishda 46–73 va 92–96 foiz oralig'ida baholandi. «O'zbektelekom» AK moliyaviy aktivlarining qariyb 60 foizini tasniflash instrument darajasidagi qo'shimcha axborotni talab qilishi ko'rsatildi. Taklif etilgan yondashuv IFRS 9 kategoriyasini yil oxiridagi transformatsiya bosqichida emas, balki dastlabki tan olish paytida qayd etish imkonini beradi.