Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ZAMONAVIY ILMIY TADQIQOTLARDA PROKRASTINATSIYA MUAMMOSI: SHAKLLANISH SABABLARI VA ASOSIY TURLARI

Gulasal Baxtiyor qizi RaimdjanovaO‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada prokrastinatsiya fenomeni zamonaviy psixologik yondashuvlar doirasida murakkab va ko‘p qirrali jarayon sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada prokrastinatsiyaning oddiy dangasalikdan asosiy farqlari – maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatlarni ongli ravishda kechiktirish va bu jarayonga hamroh bo‘ladigan kuchli emotsional zo‘riqish, shuningdek, uning irratsional tabiati ochib berilgan. Bundan tashqari, maqolada prokrastinatsiya turlarining namoyon bo‘lish sohalari (maishiy, akademik, nevrotik, ijtimoiy va mehnat) hamda xulq-atvor strategiyalari (o‘tkir his-tuyg‘u izlovchilar, qochuvchilar, faol va passiv, tarang va xotirjam) bo‘yicha mavjud ilmiy tasniflari tizimlashtirilgan. Garchi ushbu tasniflarning barchasi to‘liq empirik tasdig‘ini topmagan bo‘lsa-da, ularning chuqur tahlili mazkur fenomenni psixologik tuzatish (korreksiya) dasturlarini ishlab chiqish uchun muhim nazariy baza bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar