Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ZAMONAVIY MEDIADISKURS TIZIMIDA GAZETA DISKURSINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Saodat SAIDNAZAROVAO’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy mediadiskursning lingvopragmatik xususiyatlari va uning tipologiyasini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Mediadiskurs tushunchasining rivojlanishi, uning an’anaviy “ommaviy axborot vositalari tili” konsepsiyasidan farqli jihatlari hamda zamonaviy kommunikativ makondagi o‘rni yoritiladi. Muallif mediadiskursning fanlararo tabiati, turli diskurs turlarining konvergentsiyasi va pragmatik omillarning ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, reklama, PR, jurnalistika, siyosiy va internet kommunikatsiyalari kabi media amaliyotlarining o‘zaro ta’siri hamda manipulyativ strategiyalarning qo‘llanishi tahlil qilinadi. Maqolada mediadiskurs tipologiyasini yaratishda texnologik kanal, kommunikativ maqsad, auditoriya, janr, stilistika va kommunikativ strategiyalar kabi mezonlardan foydalanish zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari mediadiskursni lingvopragmatik nuqtai nazardan o‘rganish zamonaviy media matnlarning mazmuniy va funksional xususiyatlarini chuqurroq anglash imkonini berishini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar