O‘SMIRLARDA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA ART-TERAPEVTIK MASHG‘ULOTLARNING PSIXOLOGIK SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishda art-terapevtik mashg‘ulotlardan foydalanishning psixologik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘smirlarning ijodiy fikrlashi, yangi g‘oyalarni ilgari surishi, muammolarga turli nuqtayi nazardan yondashishi hamda o‘z fikrlarini erkin ifodalashiga ta’sir etuvchi psixologik omillarga e’tibor qaratiladi. Art-terapiyaning rasm chizish, ranglar bilan ishlash, kollaj yaratish, obrazli kompozitsiyalar tuzish va erkin ijodiy topshiriqlar kabi shakllari o‘smirlarning tasavvur, assotsiativ fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va ijodiy tashabbuskorligini faollashtirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, art-terapevtik mashg‘ulotlarning emotsional zo‘riqishni kamaytirish, psixologik xavfsiz muhit yaratish va o‘smirning o‘z imkoniyatlarini namoyon etishiga sharoit yaratishdagi ahamiyati yoritiladi. Maqolada art-terapiya elementlarini ta’lim jarayoniga maqsadli integratsiya qilish orqali kreativ tafakkurni rivojlantirishning psixologik-pedagogik mexanizmlari asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan