Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ART PEDAGOGIKASI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY FIKRLASH DARAJASINI BAHOLASH MEZONLARI

Shalola Farxodovna HasanovaBuxoro xalqaro universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada art-pedagogika vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlash darajasini aniqlash va baholash mezonlarini ishlab chiqishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlashini baholashda kognitiv, kreativ, obrazli-tasavvuriy, emotsional-motivatsion, faoliyatli va refleksiv mezonlardan foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Har bir mezon doirasida o‘quvchining matnni anglashi va tahlil qilishi, original va xilma-xil g‘oyalar yaratishi, obrazli tasavvurini namoyon etishi, ijodiy faoliyatga qiziqishi, mustaqil ijodiy mahsulot yaratishi hamda o‘z faoliyatini tahlil va baholay olishi kabi ko‘rsatkichlar belgilangan. Shuningdek, ijodiy fikrlash darajalarini yuqori, o‘rta va past ko‘rsatkichlar asosida aniqlashning pedagogik imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Art-pedagogik vositalarni boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslari bilan integratsiyalash orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini obyektiv baholash va uni maqsadli rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar